Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIGA YANGI “HYUNDAI” RUSUMLI TEZ TIBBIY YORDAM MASHINASI SOVG’A QILINDI

×

 2023-01-21 11:46:07    25

PDF yuklash
Chop etish


Tuman tibbiyot birlashmasiga yangi “Hyundai” rusumli tez tibbiy yordam mashinasi sovg’a qilindi

Respublikamizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasi Vatanimizning eng chekka hududlarida ham namoyon bo’lmoqda. Buni viloyatimizning eng chekka go’shasi – So’x tumanida ham ko’rishimiz mumkin.

Bugun So’x tumani tibbiyot birlashmasiga yana bitta zamonaviy, “Hyundai” rusumli tez tibbiy yordam mashinasi sovg’a qilindi. O’zbekiston Respublikasi tez tibbiy yordam markazi Farg’ona viloyati filiali vakili tomonidan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevga mazkur mashinaning kaliti topshirildi.

Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, mashianada barcha zaruriy tibbiy asbob-anjomlar mavjud bo’lib, harakat paytida ham bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish mumkin. Berilgan e'tibor uchun tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari nomidan REspublika tezi tibbiy yordam markazi viloyat filialiga tuman hokimi minnatdorchilik bildirdi.

Ma'lumot uchun: o’tgan yilning oxirida “2022-2026 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturi”ga asosan tumanimizning Sharqobod, Oftobru va Lenbur mahallalarida yangi, zamonaviy OShPlar qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi hududiga qiymati 4 milliard 539 million so’m bo’lgan 75 o’rinli ichki kasalliklar bo’limi qurilib, ayni kunda tumanimiz ahliga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatmoqda. Mazkur bo’limda kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya sho’'balari faoliyat ko’rsatmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram