Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XLIK MIRJAHON “NEFTCHI” YOSHLAR TERMA JAMOASI A'ZOLIGIGA QABUL QILINDI

×

 2023-01-21 11:43:54    26

PDF yuklash
Chop etish


So’xlik Mirjahon “NEFTChI” yoshlar terma jamoasi a'zoligiga qabul qilindi

O’sib kelayotgan yosh avlod O’zbekiston, yangi O’zbekistonning kelajagidir. Quvonarlisi, So’x tumanida ham mana shunday yoshlar ko’pgina topiladi.

Sport, aniqrog’i futbol sohasida o’zining mahorati bilan barchani lol qoldirayotgan Mirjahon Tuychiboyev Sharqobod mahallasida tug’ilgan. Xabarinigiz bor, o’tgan yili Mirjahon Toshkent shahrida 2009 yilda tug’ilgan futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari o’rtasida Professional futbol maktablari ligasi "O’zbekiston kubogi" musobaqalarida qatnashib, musobaqalar davomida raqiblar darvozasini 10 marta nishonga olib mazkur turnirning eng yaxshi to’purari nominatsiyasi g’olibligini qo’lga kiritgan edi.

Hozirgina bizga yangi xushxabar yetib keldi. Xabarda keltirishicha, So’x tumani Sharqobod mahalla fuqarolar yyig’inida yashovchi 24.04.2009 yilda tug’ilgan Tuychiboyev Mirjahon Alisherovich respublikamizning nufuzli sport musobaqalarida munosib qatnashib, “NEFTChI” yoshlar terma jamoasiga qabul qilindi. Barcha So’x tumani aholisi va sport muxlislari nomidan Mirjahonni tabriklaymiz va unga ulkan zafarlar tilaymiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram