Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Davlat ramzlari tovar belgisi emas

×

 2023-01-21 11:37:33    141

PDF yuklash
Chop etish


Davlat ramzlari tovar belgisi emas

 

 “Davlat gerbi to'g'risida»gi Qonunning 5-1-moddasi hamda «Davlat bayrog'i to'g'risida»gi Qonunining 5-2-moddasiga muvofiq, davlat ramzlari tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o'tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emac.

 

Instagram ijtimoiy tarmog'idagi «denisov.uz» kanalida namoyish qilingan uy-ro'zg'or buyumlarida davlat gerbi va bayrog'i tasvirlaridan foydalanishi O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlariga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi.

 

 Jinoyat kodeksining 215-moddasida O'zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi deb belgilangan.