NOSTRIFIKASIYA QANDAY HOLLARDA TO’G’RIDAN TO’G’RI (SINOVLARSIZ) AMALGA OSHIRILADI?
2023-01-19 17:41:24 140
Nostrifikasiya qanday hollarda to’g’ridan to’g’ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi?
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish quyidagi hollarda to’g’ridan to’g’ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi:
Xorijiy davlatlarda umumiy o’rta, o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta'limi olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to’g’risidagi hujjatlari;
O’zbekiston Respublikasi hududida alohida bo’linmalari (filiallari) va qo’shma ta'lim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy ta'lim muassasalarida ta'lim olgan talabgorlarning hujjatlari;
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo’shma qarori bilan ro’yxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta'lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o’rinni egallagan xorijiy oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olgan talabgorlarning hujjatlari;
Tizimida oliy ta'lim muassasalari bo’lgan O’zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining yo’llanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan ta'lim olgan talabgorlarning hujjatlari;
1992-yil 1-yanvargacha xorijiy ta'lim muassasalariga o’qishga kirgan talabgorlarning hujjatlari;
Oliy ta'limda sifatni kafolatlash YEvropa assotsiatsiyasining to’laqonli a'zolari — vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarida ta'lim olgan talabgorlarning hujjatlari, ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yo’nalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;
Amerika Qo’shma Shtatlari, Avstraliya Ittifoqi, Isroil Davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarida ta'lim olgan talabgorlarning hujjatlari, ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yo’nalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;
xorijiy oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun O’zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobiga ta'lim olgan talabgorlarning hujjatlari;
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda ta'lim olganlik to’g’risidagi hujjatlar.
Abdumanof Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram