O’ZBEKISTON BOSH VAZIRI O’RINBOSARI SO’XLIK TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI
2023-01-19 17:40:00 139
O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari So’xlik tadbirkorlar bilan uchrashdi
Davlatimiz rahbari e'tiborida bo’lgan So’x tumanida o’tgan 2022 yilda keng ko’lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Amalga oshirilgan ishlar inson manfaatiga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Bugun So’x tumaniga tashrif buyurgan O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari Jamshid Xo’jayev tumanda amalga oshirilgan ishlarni ko’zdan kechirdi. Jamshid Xo’jayevga tashrif jarayonida Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamrohlik qildi.
Javpaya massivida amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarni ko’zdan kechirgan bosh vazir o’rinbosari mazkur loyiha haqida o’z fikrlarini bildirdi. Islohotlar samarasi xalqimiz manfaatiga xizmat qilishi lozimligi qayd etildi.
Tuman hokimligi majlislar zalida So’xlik tadbirkorlar bilan bo’lib o’tgan samimiy suhbatda tumanda amalga oshirilgan loyihalar samarasi, amalga oshirilishi lozim bo’lgan loyihalar haqida ma'lumotlar berildi. Tuman tadbirkorlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflarning har biri inobatga olinishi va tuman tadbirkorlariga amaliy ko’mak ko’rsatilishini Jamshid Xo’jayev bevosita o’zining shaxsiy nazoratiga olinishi qayd etib o’tildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram