YANGI ISH BOSHLAGAN SALOHIYATLI YOSH SHIFOKORLARGA 1 MILLION SO’MGACHA USTAMALAR BERILADI
2023-01-18 17:54:01 118
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so’mgacha ustamalar beriladi
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi to’g’risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazildi (ro’yxat raqami 3416, 16.01.2023-y.)
Nizomga ko’ra, Jamg’arma mablag’lari quyidagi 2 yo’nalish bo’yicha sarflanadi:
75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmasevtika va boshqa xodimlarini moddiy rag’batlantirishga;
25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda ta'mirlashga.
Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy rag’batlantirishning quyidagi turlari qo’llaniladi:
tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmasevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar;
yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so’mgacha maxsus oylik ustamalar;
oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo’shimcha ustamalar;
tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy yordam pullari.
Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram