Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XAYRIYA TADBIRLARI ORQALI INSONLAR O’RTASIDAGI MEHR-OQIBAT YANADA KUCHAYMOQDA

×

 2023-01-18 17:48:48    152

PDF yuklash
Chop etish


Xayriya tadbirlari orqali insonlar o’rtasidagi mehr-oqibat yanada kuchaymoqda

Bugun ham tumanimizning sektorlari kesimida, mahalla fuqarolar yig’ini va guzarlarda osh pishirilib, hududlardagi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor va boquvchisini yo’qotgan fuqarolarga tarqatildi. Albatta, tashkil etilayotgan bunday xayriya tadbirlaridan nafaqat ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand fuqarolar, balki ushbu qorasovuq kunlarda xalqimiz xizmatida bo’lgan soha vakillari ham bahramand bo’lishmoqda.

Soybozor massivida tashkil etilgan nuroniylar choyxonasi va dala oshxonasiga qo’li doim mehnatda bo’lgan, tuman obodonchiligi va chiroyiga hissa qo’shayotgan soha vakillari taklif qilindi. Kommunal soha vakillari ham bugungi xayriya ziyofatidan bahramand bo’ldilar.

 - Ikki kundan beri tumanimizning to’rttala sektorlari kesimida 125 kilogrammdan guruch sarflanib, osh pishirilmoqda. Bunday tadbirlarni xalqimiz minnatdorchilik bilan qabul qilishmoqda. Ayniqsa, bizga tumandagi harbiy qismning askar va zobitlari yaqindan yordam berishayotir. Bugungi osh tadbiriga nuroniy otaxonlar va keksa otaxonlarimiz ham taklif qilindi. Mahallalarga bevosita raislar, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faoli orqali pishirilgan taom manzilli yetkazib berilmoqda, - deydi tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidov.

Bevosita sektorlar kesimida tashkil etilayotgan xayriya osh tadbirlari ham uyushqoqlik bilan o’tkazilmoqda. Mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari bu tadbirlarda o’zgacha ruh va mas'uliyat bilan ishtirok etishmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram