Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOLIQ QONUNCHILIGIDAGI YANGILIKLAR YUZASIDAN TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2023-01-18 16:34:55    133

PDF yuklash
Chop etish


Soliq qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan tadbir tashkil etildi

Tuman hokimligi majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekbrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-287-sonli farmoni mazmunini tadbirkorlarga yetkazish va tushuntirish maqsadida seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i Faridjon Turaboyev, tuman hokimligi iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi vakillari, savdo-sanoat palatasi hamda tuman hokimligi yetakchi mutaxassislari ishtirokchilarga farmon bo’yicha tushunchalar berishdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekbrdagi PF-287-sonli farmoni qabul qilingunga qadar O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 14-sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 714-sonli Qonuniga asosan So’x tumanida istiqomat qilayotgan aholi va faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlariga bir necha turdagi soliq imtiyozlari berilganligi to’g’risida tushuntirishlar berib o’tildi.

714-sonli Qonun bilan berilgan imtiyozlardan tashqari PF-287-sonli farmon bilan 2023 yilning 1-yanvaridan boshlab tumanda yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub'ektlariga yana bir qo’shimcha imtiyoz, ya'ni to’lanadigan qat'iy belgilangan soliqdan to’liq ozod etilganligi to’g’risida ham tadbir ishtirokichlariga tushunchalar berildi. 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram