IJTIMOIY SOHA OB'EKTLARIDAGI JORIY HOLAT ISHCHI GURUHLAR TOMONIDAN O’RGANILMOQDA
2023-01-18 14:39:47 113
Ijtimoiy soha ob'ektlaridagi joriy holat ishchi guruhlar tomonidan o’rganilmoqda
Ayni kunlarda anomal harorat saqlanib qolganligi sababli viloyatimizning barcha ta'lim muassasalarida 22 yanvar kunigacha amaldagi qishki ta'til uzaytirildi. Albatta, ta'lim-tarbiya jarayoni ham bevosita ob-havoning vaz'iyatiga chambarchas bog’liq.
Bugun tuman hokimligida qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha tuman shtabi rahbari, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tuman maktabgacha ta'lim bo’limi va tuman xalq ta'limi bo’limi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida amadagi vaz'iyat yana bir karra tushuntirildi va barcha soha vakillariga tuman hududidagi barcha ta'lim muassasalari va maktabgacha ta'lim muassasalarida o’rganish ishlarini olib borish vazifasi yuklatildi.
Sektorlar kesimida o’rganish ishlarini olib boruvchi guruhlar a'zolariga alohida vazifalar berildi. Tashkil etilgan guruhar bugun sektorlar kesimida ish olib borishib, ta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalaridagi isitish tizimi va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko’zdan kechirishadi.
Tuman hokimi shaxsan har kuni o’zi ijtimoiy soha ob'ektlarida bo’lib, olib borilayotgan ishlarni bevosita ko’zdan kechiradi va aniqlangan muammolarning yechimi yuzasidan amaliy ko’maklashadi. Bugun Sayidbahrom Sayidmusayev tuman markaziy shifoxonasida bo’lib, barcha bo’limlarda isitish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni ko’zdan kechirdi va palatalar issiqligini ta'minlashga qaratilgan amaliy ishlarda ishtirok etdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram