"LITSENZIYA" AXBOROT TIZIMI ORQALI "NODAVLAT TA'LIM XIZMATLARINI KO’RSATISH SOHASIDAGI FAOLIYATNI LITSENZIYALASH" MUMKIN
2023-01-18 14:21:38 130
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Nodavlat ta'lim xizmatlarini ko’rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash" mumkin
Davlat xizmatini ko’rsatuvchi subekt:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz (https://license.gov.uz/) orqali;
– YaIDXP – my.gov.uz;
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs
Arizani ko’rib chiqish uchun to’lanadigan yig’im miqdori: 600 000 so’m (BHMning 2 baravari)
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 000 000 so’m BHMning 10 baravari
Arizani ko’rib chiqish muddatlari: 15 ish kunida (oliy ta'lim turi bo’yicha 30 ish kunida)
Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan
Muhim ma'lumot: Nodavlat ta'lim xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslarga ta'limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta'lim faoliyati yo’nalishlari ro’yxati va ta'lim shakllari aniq ko’rsatiladi.
Abdumanof Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram