Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QIZILQIYOQ MAHALLASIDA YANGI DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-01-18 14:19:53    123

PDF yuklash
Chop etish


Qizilqiyoq mahallasida yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Respublikamizda maktabgacha ta'lim tizimiga berilayotgan e'tibor samarasi o’laroq, bizning tumanimizda o’zining salmoqli natijasini bermoqda. Kuni kecha qurib, foydalanishga topshirilgan yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ham bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Qilingan barcha sa'y-harakatlar tufayli Qizilqiyoq mahallasida davlat tasarrufidagi yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Aytish lozimki, mazkur muassasning qurilishida viloyat hokimligi tomonidan katta amaliy ko’mak ko’rsatildi.

Muassasaning foydalanishga topshirish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning ishtiroki barcha soha vakillari shodligiga o’zgacha ko’tarinkilik bag’ishladi. Tumanda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalar qamrovini ko’paytirishda sa'y-harakat qilayotgan soha vakillariga viloyat hokimi minnatdorchilik bildirib, yangi muassasaga qimmatbaho sovg’alar taqdim etdi.

Ayni kunda mazkur muassasada 17 nafar tarbiyachilar fa'oliyat olib borishayotir. “Bollar bog’chasi” dasturiga muvofiq muassasaga 60 nafar bolajonlar yo’llanma asosida joylashtirildi. 27-sonli davlat MTTda ikkita – o’rta va katta yoshdagi bolalar guruhi amal qiladi. Muassasa barcha zaruriy jihoz va shart-sharoitlar bilan ta'minlangan va eng asosiysi, mazkur dargohda mahalla ahli va harbiylarning farzandlari tarbiya olishadi. Bolalarni ovqatlantirish yangi va zamonaviy autsorsing usulida amalga oshiriladi.

Tuman maktbagacha ta'lim bo’limi mudiri Gulnoza Usmonovaning ma'lumotiga ko’ra, barcha maktabgacha ta'lim muassasalari ayni kunda yetakchi mutaxassislar bilan ta'minlanayotir. Eng asosiysi, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalar qamrovini amaldagi 76 foizdan 85 foizga yetkazish niyatlari bor soha mutasaddilarining.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram