HISOBOT TOPSHIRUVCHI KICHIK KORXONA VA MIKROFIRMALAR DIQQATIGA!
2023-01-18 14:11:50 132
Hisobot topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar diqqatiga!
✅ Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan taqdim etiladigan 2022 yil yakunlari bo’yicha “1- kb” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik tadbirkorlik sub'ektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.
✅ Ushbu on-line muloqotlarda “1- kb” shakli hisobotining har bir bo’limi va undagi ko’rsatkichlar bo’yicha savollaringizga atroflicha javob beriladi.
✅ On-line muloqotlar "Zoom" platformasi orqali 2023 yilning 16 yanvaridan 27 fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.
❗️Eslatib o’tamiz, kichik korxona va mikrofirmalar uchun “1- kb” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023 yilning 27 fevral sanasida yakunlanadi.
❗️On-line muloqotlarda faol ishtirok eting!
(https://us06web.zoom.us/j/85829879392?pwd=Rm9DNlhQaTg4MElzNHRpY0hGelN6UT09)Zoom ID: 858 2987 9392
Kirish kodi: 190977
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram