XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARINI O’RGANISH HAMKORLIKDA AMALGA OSHIRILMOQDA
2023-01-17 16:09:24 122
Xotin-qizlar muammolarini o’rganish hamkorlikda amalga oshirilmoqda
Hududlarda “beshlik” fa'oliyatini yanada takomillashtirish maqsadida keng ko’lamli ishlar olib borilyapti. Ayniqsa, ayollar, xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan tizimli ishlar amalga oshirilayotir.
So’x tumanida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini o’rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 31.03.2022 yil kungi №145-sonli qarori hamda 19.12.2022 yil kungi o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida "Ayollar daftarining 4-bosqichi"ni shakllantirish bo’yicha xizmat xududlariga biriktirilgan profilaktika (katta) inspektorlari, tuman HPB JXX xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonova va mahallalarning xotin-qizlar faollari xamkorligida xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram