BIZNING YURTIMIZDA HECH KIM MEHR VA E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI
2023-01-17 16:07:58 149
Bizning yurtimizda hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi
Anomal sovuq natijasida barchamiz issiq joy qidirib yurgan bir vaqtda obodonlashtirish, yo’l xo’jaligi, qishloq xo’jaligi va barcha kommunal idora xodimlarining mashaqqatli mehnatlarida yelkadosh bo’lish, ularga kayfiyat ulashishdek savobli ishga ko’l urish bilan barobardir.
Qolaversa, extiyojmand oilalarimizdan xabar olib, xonadonlariga ozgina iliqlik olib kirish ham odamiylik hislatlarimizning eng ulug’idir. Bugun tumanimizning barcha sektorlari kesimida osh damlanib, yuzlab fuqarolarga tarqatildi.
Soybozor massivida doshqozonlar qo’yilib, mohir oshpazlar tomonidan pishirilgan palovxonto’ra shu yerning o’zida qo’li har doim mehnatda bo’lgan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va mazkur mavzega taklif etilgan fuqarolarga tortiq qilindi.
Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning so’zlariga ko’ra, mazkur tadbirga saxovatpesha tadbirkorlar ham yaqindan ko’maklashdi. Soybozorda pishirilgan osh 2-sektorning barcha mahallalariga manzilli yetkazib berildi. Zero, bizning yurtimizda hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi.
Osh pishirish jarayonida tumandagi harbiy qismning askar va zobitlari astoydil harakat qildilar. Mazkur hududga palatka o’rnatilib, barcha kelgan fuqarolarga sharoit yaratib berildi.
Shu o’rinda So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev hamda sektor rahbarlari tashabbusi bilan tumanimizning barcha hududlarida mahalla faollari, fermer xo’jalik rahbarlari hamda tadbirkorlari hamkorligida osh damlanib yuzlab fuqarolarga tarqatildi. Zotan, mana shunday damlarda ko’makka muhtoj bo’lgan fuqarolarga yordam qo’lini cho’zish odamiylikning oliy namunasidir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram