HARBIY QISMDA BAYRAM TADBIRI KATTA TANTANA SIFATIDA QAYD ETILDI
2023-01-17 08:32:36 224
HARBIY QISMDA BAYRAM TADBIRI KATTA TANTANA SIFATIDA QAYD ETILDI
14 yanvar – O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab So’x tumanida joylashgan 12494-sonli harbiy qismda bayram tadbirlari bo’lib o’tdi. Tashkil etilgan bayram tadbirlarida tuman hokimi, tuman sektorlari rahbarlari, ichki ishlar bo’limi, milliy gvardiya, tuman mudofaa ishlari bo’limi va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
12494 harbiy qismida tashkil etilgan tadbir avvalida ishtirokchilar bu yerda atshkil etilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo’ydilar. Bayram sharafiga bag’ishlab harbiylar ishtirokida bayram paradi o’tkazildi.
Harbiy qismning majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev so’z olib, barcha harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabrikladi. – Ushbu harbiy qism askar va zobitlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklatilganligiga qaramasdan harbiy qism nufuzini ko’tarishda harbiy xizmatni kasb deb bilgan ofitserlar, serjantlar va askarlarimiz bugungi kunga kelib o’zining harbiy intizomi, jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgalikdan yaxshi va a'lo ko’rsatgichlari bilan harbiy qismni yuksak cho’qqilarga erishish uchun o’z xizmatlarini ayamay kelmoqdalar, - deya ta'kidladi tuman hokimi o’z so’zida.
Tadbir davomida xizmat davomida o’rnak ko’rsatgan bir guruh askar va zobitlar, serjant va ofitserlar, soha faxriylariga esdalik sovg’alar topshirildi. Harbiy qism komandiri va Vatan xizmatida namuna bo’lgan bir guruh askar zobitlarga ham tuman hokimligi, tuman ichki ishlar bo’limining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg’alari topshirildi. Bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar taqdim etildi.
Tadbir davomida tuman hokimi Saydbahrom Sayidmusayevga ham O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining tashakkurnomasi taqdim etildi. Albatta, bunday rag’bat va e'tirof tumanimizda yoshlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishda katta ahamiyatga egaligi bilan ham ahamiyatlidir.
Tuman madaniyat bo’limi san'atkorlarining qo’shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Taralgan sho’x yallalarga raqsga tushgan askar va zobitlar ko’tarinkilikda bayramni qayd etdilar.
Shuni aytish o’rinliki, har yili 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni tumanda oilaviy baxt, mamlakat iqboli sifatida nishonlanadi. Bu yilgi bayramga So’xliklarning katta tayyorgarlik ko’rganliklari o’tkazilayotgan ana shunday ma'naviy-marifiy tadbirlar va uchrashuvlarda yaqqol namoyon bo’lib turibdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram