Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 121 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYOJMAND OILALARNI QO’LLAB-QUVVATLASH MAQSADIDA “SAXOVAT VA KUMAK” JAMG’ARMASI HISOBIDAN 130 MILLION SO’MDAN ORTIQ MODDIY YORDAM KO’RSATILDI

×

 2023-01-13 15:29:02    123

PDF yuklash
Chop etish


Ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va kumak” jamg’armasi hisobidan 130 million so’mdan ortiq moddiy yordam ko’rsatildi

        Kam ta'minlangan, ijtimoiy kumakka muhtoj fuqarolarga berilayotgan e'tibor va amaliy yordam samarasi o’laroq, ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar imkoniyat doirasida bartaraf etilayotir. Ushbu yo’nalishda tumanimizda tashkil etilgan “Saxovat va kumak” jamg’armasi hisobidan ma'lum miqdordagi mablag’lar qonun doirasida aniq maqsadlarga yo’naltitrilmoqda.    

        So’x tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi "Mahaliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi Qonunining 6 va 25-moddalari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 yanvar kunidagi "Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlar to’g’risida"gi 5633-sonli Farmoniga asosan tumandagi uy-joyga muxtoj oilalarni boshpana bilan ta'minlash va ta'mirga muhtoj xonadonlarni ta'mirlash maqsadida "Saxovat va kumak" jamg’armasidan 82 million so’m moddiy yordam ko’rsatildi. Bu bo’yicha So’x tumani hokimining 22 noyabr 2022 yil kungi 162-11-159-f-22-sonli farmoyishi ham qabul qilingan.

        Rasuljon Mirsaidovning so’zlariga ko’ra tumandagi kamta'min, ehtiyojmand fuqarolar murojaatlarini o’rganib "Saxovat va kumak" jamg’armasidan 48 million 599 ming so’m mablag’ bir martalik moddiy yordam sifatida yetkazib berildi. Bunday xayrli amal va saxovat ishlarini bajarish yangi yilda ham davom ettiriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram