Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANIMIZDA KENG QAMROVLI TARG’IBOT VA TUSHUNTIRISH TADBIRLARI OLIB BORILDI

×

 2023-01-11 17:42:59    55

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizda keng qamrovli targ’ibot va tushuntirish tadbirlari olib borildi

        So’x tumanida  2022-2023 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha tashkil etilgan shtab a'zolari tomonidan tuzilgan kundalik rejalar va berilgan ko’rsatmalarni ijro etishga qaratilgan keng ko’lamli o’rganish ishlari olib borilyapti. O’rganish jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolar imkoni boricha joyida bartaraf etilyapti.

        Chashma mahalla fuqarolar yig’inida viloyat FVB boshlig’i va tuman sektor rahbarlari ishtirokida bo’lib o’tgan tadbir ham ayni shu muhim masalaga bag’ishlandi. Tadbirda ishtirok etgan barcha sohalar vakillariga o’tkazilayotgan tadbirlarning mazmun va mohiyati tushuntirildi.

        Tumanining mazkur mahallasida olib borilgan profilaktik tadbirlarda viloyati FVB boshlig’i va tuman sektor rahbarlari ishtirok etdi. Ishchi guruh a'zolari tarkibiga biriktirilgan sohalar vakillari “Xonadonbay” tizimi asosida atshkil etilgan o’rganish ishlarida faollik bilan ishtirok etdilar.   

        Targ’ibot tadbirlari davomida aholi yashash xonadonlarida uyma-uy yurib fuqarolar bilan yong’in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanishni oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchiliklar tegishli tashkilot xodimlari tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko’rilib, aholiga zarur tavsiyalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram