BILASIZMI?
2023-01-10 12:12:28 116
Bilasizmi?
Ko’chmas mulk sotib olish arafasida bo’lsangiz hamda turli xil noqulay va noxo’sh vaziyatlarga tushmaslikni oldini olishni istasangiz, unda ushbu obekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to’g’risida ma'lumotga ega bo’lish foydadan holi bo’lmaydi.
Buni qanday amalga oshirish mumkin?
Juda oddiy, siz onlayn tarzda – YaIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, ma'lum bir ko’chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to’g’risida ma'lumotnoma olishingiz mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko’chmas mulk obektining kadastr raqami kerak bo’ladi
Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin
Xizmat narxi - 15 000 so’m (BHMning 5 foizi) miqdorida
Xizmat ko’rsatish muddati – 3 ish kuni
Mamurjon Rahimjonovich Hayoyev - So’x tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram