SAVOL - JAVOB
2023-01-10 12:10:32 111
Savol - javob
Savol: Nafaqalar to’g’risida tushunchalar bersangiz
Javob:O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi PQ-2847- sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2010 yil 20 avgustdagi 65 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Byudjet tasnifini qullash bo’yicha Yo’riqnoma”ga vazirlikning 2022 yil 9 dekabrdagi 67- sonli buyrug’i bilan kiritilgan o’zgartirish va qushimchalarga muvofiq 175 bandiga asosan nafaqalarga :
Ishsizlik buyicha nafaqa;
Vaqtincha mehnatga layoqatsiz nafaqasi;
Bola to’g’ilganligi uchun nafaqasi;
Dafn marosimi uchun nafaqa;
Homiladorlik va tug’ish nafaqasi;
Nogironligi bo’lgan bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiy va homiyga) bola un sakkiz (18) yoshga tulgunga qadar oyiga qo’shimcha bir dam olish kuni uchun nafaqa;
Bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslarga nafaqa;
Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlarga nafaqalar kiradi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram