Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ICHIMLIK SUVI TARMOG’IDAN FOYDALANISHNING QONUNIY TARTIBI

×

 2023-01-10 12:06:28    125

PDF yuklash
Chop etish


Ichimlik suvi tarmog’idan foydalanishning qonuniy tartibi

Qonunchilikka ko’ra, vodoprovod tarmoqlariga o’zboshimchalik bilan ulanish hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo’lsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, hisobga olish asboblarining ko’rsatkichlarini o’zgartirish:


fuqarolarga BHMning 10 dan 15 baravarigacha (3 mlndan 4,5 mln so’mgacha);


mansabdor shaxslarga 15 dan 25 baravarigacha (4,5 mlndan 7,5 mln so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.


 Shuningdek, o’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni suv ta'minoti tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga ulash:


mansabdor shaxslarga BHMning 70 dan 85 baravarigacha (21 mlndan 25,5 mln so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Abdumanof Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram