SO’X TUMANIGA YANGI TAYANCHLAR YETIB BORDI
2023-01-07 18:13:05 118
SO’X TUMANIGA YaNGI TAYaNChLAR YETIB BORDI
So’x tumanidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig’inining elektr ta'minoti yaxshilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorlariga muvofiq hududlarda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Jumladan, So’x tumanining “Guliston” mahalla fuqarolar yig’ini hududida ham dastur asosida amaliy ishlar boshlandi.
Mahalla hududiga 200 dan ortiq yangi temir-beton tayanchlar o’rnatish, 4,9 km uzunlikda 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda hududdagi mavjud transformator punktiga qo’shimcha 2 dona yangi transformator punktini o’rnatish ishlari rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda So’x tumaniga dastlabki temir-beton tayanchlari yetkazilib, o’rnatish ishlari boshlandi.
“Farg’ona HETK” AJ matbuot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram