Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MILLIY ARMIYAMIZ – YANGI O’ZBEKISTONNING MUSTAHKAM QALQONIDIR!

×

 2023-01-07 18:11:23    52

PDF yuklash
Chop etish


Milliy armiyamiz – Yangi O’zbekistonning mustahkam qalqonidir!

Bu yili O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishiga 31 yil to’ladi. Ushbu shonli sana va Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbirlar «Milliy armiyamiz – Yangi O’zbekistonning mustahkam qalqonidir!» shiori ostida Respublikamizning barcha hududlarda bo’layotgani kabi bizning tumanimizda ham o’tkazilmoqda.

Tumandagi harbiy qismlarning birida bo’lib o’tgan tadbir ham harbiy xizmatchilarga ehtirom ramzi sifatida tashkil etildi. Samimiy muloqotda mamlakatimizda keyingi yillarda zamonaviy, ixcham va qudratli Milliy armiyani shakllantirish yo’lida olib borilayotgan islohotlar xususida so’z yuritildi. Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyati yaxshilanib, mudofaa qudratimiz tobora mustahkamlanayotgani hamda harbiylarimiz tinch-osoyishta hayotimiz kafolati timsollari sifatida namoyon bo’layotgani e'tirof etildi.

— Bayram munosabati bilan So’x tumani hokimligi, tumandagi harbiy qismlar va boshqa tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan, — deydi Farg’ona viloyat Ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x tumani bo’limi rahbari Gulshanjon Ibragimov. — Ayni kunlarda ushbu mavzudagi tadbirlar tumanimizning barcha mahallalarida ham o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimligi, Yoshlar ishlari Agentligi tuman bo’limi vakillari barcha askar va zobitlarni tabriklab, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining iqtidori va salohiyati va uning Vatan sarhadlarini qo’riqlashdagi imkoniyatlari haqida gapirdilar. O’z navbatida san'at g’unchalari va yosh havaskorlarning chiqishlari ham tadbir ishtirokchilari kayfiyatiga ko’tarinkilik hadya etdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram