LITSENZIYALASH XIZMATI
2023-01-07 18:08:13 115
Litsenziyalash xizmati
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "O’zbekiston Respublikasining o’ta muhim va toifalangan obektlarida qo’riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.
Davlat xizmatini ko’rsatuvchi sub'ekt:
– O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo’riqlash bosh boshqarmasi.
Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz (https://license.gov.uz/) orqali;
– YaIDXP – my.gov.uz;
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik shaxs (qo’riqlashning texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, ta]mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish huquqiga ega bo’lgan)
To’lanadigan yig’im miqdori:
— Arizani ko’rib chiqish uchun to’lanadigan yig’im miqdori – Bepul;
— Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig’im miqdori — Bepul;
Arizani ko’rib chiqish muddati – 20 ish kuni.
Amal qilish muddati — Cheklanmagan.
Ma'lumot uchun:
Qo’riqlashning texnik vositasi — qo’riqlanadigan obektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilma.
Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obektlarni, ularning idoraviy mansubligini, o’rnatilgan qo’riqlashning texnik vositalari turlari va sonini ko’rsatgan holda o’ta muhim va toifalangan obektlarda qo’riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, so’zlash, ta'mirlash hamda ularga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi ma'lumotlarni taqdim etishlari shart.
Hayoyev Mamurjon Rahimjonovich - So’x tuman Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram