Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLALAR NAFAQASI KIMLARGA VA QANDAY TARTIBDA BERILADI?

×

 2023-01-07 18:05:37    275

PDF yuklash
Chop etish


Bolalar nafaqasi kimlarga va qanday tartibda beriladi?

        Har bir dolzarb mavzu haqida munozara qilishdan oldin, ushbu masalalar qaysi qonun hujjatlari mezoni asosida shakllantirilishiga e'tibor qaratish lozim. Sarlavhadagi, bugungi kunning dolzarb va davralarda ko’p beriladigan savolga javobni ham, albatta, ushbu mavzudagi qonun va qonunosti hujjatlardan topish mumkin.

        Ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilingan, O’zbekiston respublikasi prezidentining 2020 yil 4 avgustdagi  O’zbekiston respublikasi prezidentining “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” 4797-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatish hamda kambag’allik bilan kurashish ko’lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2021 yil 11 avgustdagi 6277-sonli farmoni hamda mazkur farmonni ijrosini ta'minlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2021 yil 21 oktyabrdagi 654-sonli qarori kabi qonun hujjatlarida kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi tayinlash tartib va qoidalari batafsil bayon etilgan.

        Mazkur qonun hujjatlarida kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun murojaat etish tartibi, kerakli hujjatlar jamlanmasi, ariza taqdim etish muddati va tartibi, arizalarni dasturga kiritish va kurib chiqish tartibi hamda nafaqalarni tayinlash yo ki rad etish tartibi belgilab berilgan.

        Xalqimizga yengillik yaratish maqsadida oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlashni ko’rib chiqish va belgilash tartib-taomillari «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi yo’lga qo’yildi. Mazkur tizim, ya'ni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi «Elektron hukumat» tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

        «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali nafaqa tayinlash bilan birgalikda, tizimda hisobda turganlik, ya'ni kam ta'minlangan oilalarga mansub yo ki mansub emaslik haqida ma'lumotnoma shakllantirish ham mumkin.

                  I. M. Inomjonov - BTPJ So’x tumani bo’limi yagona ijtimoiy reestr shu'basi mudiri





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram