TUMANDA ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTIDAGI MUAMMO VA KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILMOQDA
2023-01-06 16:17:42 123
Tumanda elektr energiyasi ta'minotidagi muammo va kamchiliklar bartaraf etilmoqda
Ta'kidlash joyiz, tumanimizdagi mahallalarda aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish va sohadagi muammolarni hal etish bo’yicha arzirli ishlar amalga oshirildi. Bu yo’nalishda chekka hududlardagi ichki ko’chalarda ayniqsa, o’tgan yil davomida amaliy va ijobiy ishlar ijroga yo’naltirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 435-sonli qaroriga asosan So’x tumanidagi og’ir hududlardan hisoblangan Sebzor mahalla fuqarolar yig’ini “Matonat” ko’chasida o’tgan yil dekabr oyida mavjud transformatorga qo’shimcha ravishda yangi 160 kVAlik transformator punkti qurilib, 58 ta temirbeton ustunlari o’rnatildi hamda 2,7 kilometr uzunlikda zamonaviy SIP kabel tarmog’i tortildi. Mahallada elektr energiyasi ta'minotidagi muammolar shu zayil bartaraf etilayotir.
Tumanimizning Chashma va Qal'acha mahallalarida ham “Obod qishloq” dasturi doirasida sohadagi muammolar hal etilayotir. Ushbu mahalallarda olib borilayotgan ishlar va o’rnatilayotgan zamonaviy transformatorlar aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga omil bo’lmoqda.
4-sektor hududidagi Zangat mahalla fuqarolar yig’ini “Chorvodor” ko’chasida ham 10 ta temirbeton ustunlari o’rnatildi hamda 1,7 kilometr uzunlikda zamonaviy SIP kabel tarmog’i olib kelindi, hozirgi kunda ishlar davom etmoqda. Qilinayotgan barcha ishlar bevosita davlatimiz rahbari e'tibori asosida amalga oshirilayotgani sohadagi islohotlar samarasini yanada yuksaltiradi desak, aslo xato qilmagan bo’lamiz.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram