Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUDUDLARDA BEVOSITA RAHBARLAR ISHTIROKIDA O’RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2023-01-06 16:08:14    55

PDF yuklash
Chop etish


Hududlarda bevosita rahbarlar ishtirokida o’rganish ishlari olib borilmoqda

        Bugun, tuman hokimining birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev ishtirokida 1-sektor hududida mahalla faollari tomonidan "Mahallabay" va "Xonadonbay" tizimi asosida aholi muammo va kamchiliklarini o’rganish va ularni hal etish choralarini ko’rish bo’yicha olib borilayotgan ishlar nazorat qilindi va amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Barcha mahallalalarning beshliklariga olib borilayotgan o’rganish ishlarini mas'uliyat bilan samarali yo’lga qo’yish bo’yicha kerakli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.

        O’rganish jarayonida:

        ❇️ G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi fa'oliyatiga baho berildi;

        ❇️ Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida fa'oliyat olib borayotgan beshlik bilan alohida suhbat tashkil etildi va aholining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o’rganildi va aniqlangan muammolarni yechish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi;

        ❇️ Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududi, 1- sektor binosi oldida o’rnatilgan bankomat fa'oliyati yuzasidan fuqarolarning murojaati manzilli o’rganilib, ushbu dastgoh xizmatini samarali yo’lga qo’yish maqsadida tegishli idora rahbarlariga vazifalar yuklatildi. Bankomatning mo’'tadil ishlashini yo’lga qo’yish uchun mutasaddilarga ko’rsatmalar berildi;

        ❇️ O’Zbekiston-Qirg’iziston yo’nalishidagi Tul mahallasi hududida joylashgan So’x daryosi ustidagi ko’prik holati o’rganildi. Ko’prikning holati tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi rahbariyati va tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev ishtirokida ko’zdan kechirildi;

           ❇️ Payshanba bozoridagi sanitariya-gigiyena holati o’rganildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosi bilan shug’ullanayotgn savdogarlar va tadbirkorlar bilan so’hbatlar chog’ida narx-navoni keskin oshirmaslik yuzasidan kerakli tavsiya va ko’rsatmalar berildi;

        ❇️ Lenbur mahalla fuqarolar yig’ini idorasi hududida joylashgan bankomatning ishlash holati ham ko’zdan kechirildi. Bankomat ishlamayotgani va uni ishga tushirish uchun viloyatdan mutaxassislar jalb etilgani mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi tomonidan ma'lum qilindi.

        Bunday o’rganish ishlari tumanimizning barcha hududlarida davom ettiriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram