Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 127 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN PROFILAKTIK TADBIRLAR O’TKAZILMOQDA

×

 2023-01-05 09:27:53    125

PDF yuklash
Chop etish


Favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda

        So’x tumanida 2023 yil qish mavsumini betalofat o’tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo’yicha tumanda tuzilgan shtab ishchi guruhi a'zolari bilan hamkorlikda tuman favqulodda vaziyatlar bo’limining navbatchilikdan tashqari shaxsiy tarkibi tomonidan 164 ta yakka tartibdagi turar-joylar, 387 nafar fuqarolar bilan yong’in xavfsizligi qoidalari talablari mavzusida yo’riqnomalar o’tkazildi. Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan tadbirda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

        O’tkazilgan o’rganishlar jarayonida  Tul mahalla fuqarolar yig’ini “Bog’iston” ko’chasida 2 ta, “Soxibkor” mahalla fuqarolar yig’ini “Ko’chai kalon” ko’chasida 3 ta, Qaqir mahalla fuqarolar yig’ini “Sebeda” ko’chasida 2 ta, jami 7 ta nosoz dudburonlar, Tul mahallasi “Bog’iston” ko’chasida 1 ta, Soxibkor mahallasi “Ko’chai kalon” ko’chasida 2 ta, Qaqir mahallasi “Sebeda” ko’chasida 3 ta, jami 6 ta nostandart isitish pechlar hamda 12 ta boshqa, jami 25 ta kamchiliklar aniqlanib, barchasini bartaraf etilishi ta'minlandi.

        Soxibkor mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazilgan tadbir davomida hududdagi 24-sonli umumta'lim maktabi o’qituvchi va ishchilariga, Tul, Soxibkor va Qa'lacha mahallalari hududidagi fuqarolar o’rtasida sport tadbiri davomida fuqarolarga yong’in, chaqnash va is gazidan xamda botulizimdan zaharlanishni oldini olish, hozirgi kunda shifokorlar tomonidan tavsiya etilmagan dori vositalarini qabul qilmasliklari to’g’risida targ’ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

        Bundan tashqari, tuman “So’x savdo kompleksi”da o’rnatilgan “Yangi yil” archasi atrofida tashkil etilgan savdo yarmarkasi nuqtalarining yong’in xavfsizligini ta'minlash va favqulodda hodisalarni oldini olish maqsadida 1 ta yong’in-qutqaruv avtoekipajlarning 5 nafar shaxsiy tarkibi bilan navbatchiligi tashkil etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram