Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BETONLASHTIRILGAN ICHKI KO’CHALARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA

×

 2023-01-05 08:36:52    121

PDF yuklash
Chop etish


Betonlashtirilgan ichki ko’chalarda obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda

1-sektor hududidagi Tul mahalla fuqarolar yig’inida ham o’tgan 2022 yilda mahallaning ichki ko’chalarini ta'mirlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Aytish lozimki, tashkil etilgan sayyor qabullarda ham ushbu mahalla fuqarolarining asosiy muammosi va murojaatlarining asosini ushbu masala tashkil etardi.

Qilingan va qilinayotgan sa'y-harakatlar tufayli ushbu mahallada ham ayni shu dolzarb muammoni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar bajarildi va bu ishlar yangi 2023 yil davomida ham amalga oshiriladi. Mahalla raisining bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, 2022 yilning birgina dekabr oyining o’zida mahallaning 5 ta ichki ko’chalarida betonlashtirish ishlari olib borildi.

Ayni kunda betonlashtirilgan ko’chalarga shag’al to’kish ishlari olib borilyapti. Shag’al asosan ko’chalarning betonlashtirilmagan qismlariga to’kilib, ichki ko’chalarning tartibga keltirishga qaratilgan va ushbu maqsadda barcha betonlashtirilgan ko’chalarga shag’al mahsulotlari to’kish rejaga kiritilgan.

- Bu ishlar ta'mirlangan ko’chalarni yanada obodonlashtirishga qaratilgan. Shag’allashtirish ishlarida barcha aholi fa'ollik bilan ishtirok etishmoqda, - deydi mahallaning hokim yordamchisi Tolibjon Murodov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram