Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA

×

 2023-01-05 08:33:18    56

PDF yuklash
Chop etish


Elektr energiyasi ta'minotidagi muammolar bartaraf etilmoqda

Allakay tarixga aylanib ulgurgan 2022 yilda tumanimizning barcha hududlarida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bunday ishlar ayniqsa, tumanimizning 1-sektori hududida keng quloch yozdi.

“Qizil hudud”da bo’lgan va “Obod qishloq“ dasturiga kiritilgan Qal'acha mahallasida o’tgan yilda boshlangan ezgu ishlar bugun ham o’zining mantiqiy davomini topmoqda. Elektr energiyasi ta'minotidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida mazkur mahallaning ichki ko’chalarida ham yangi temir-beton tayanchlar va transformatorlar o’rnatish ishlari davom etmoqda.

Mahallaning “Qal'acha” ko’chasiga soha xodimlari tomonidan temir-beton tayachnlar o’rnatilgan bo’lsa, ayni kunda ushbu hududaning “Baxtlik” ko’chasiga tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan yangi transformator o’rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta, qilinayotgan barcha ishlar eng avvalo aholi manfaatiga va albatta, sohadagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram