YANGI TAHRIRDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT KODEKSIGA KIRITILGAN O’ZGARISH VA YANGILIKLAR
2023-01-05 08:31:26 336
Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritilgan o’zgarish va yangiliklar
Savol: Olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga jalb qilingan mutaxassislarga qanday imtiyozlar belgilangan?
Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 yanvardagi “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4940 sonli qaroriga asosan olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga jalb qilingan mutaxassislarga tegishli imtiyozlar belgilangan.
Avvalo olis va chekka huddud degan tushunchaga to’xtalsak, olis va chekka hudud deganda, byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog’liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-6110-son Farmoniga muvofiq, boshqa hududda yashovchi tibbiyot xodimi (keyingi o’rinlarda — tibbiyot xodimi) olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga (keyingi o’rinlarda — tibbiyot muassasasi) ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 million so’m miqdorida bir martalik boshlang’ich yordam puli, uy-joyi bo’lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari berilishi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi berilishi belgilangan.
mazkur qarorda olis va chekka hudud deganda, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o’rta ta'lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar tushuniladi;
mazkur qarorda nazarda tutilgan boshlang’ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi soliq to’lovchining jami daromadiga kiritilmaydi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish ob'ekti hisoblanmaydi;
mazkur qarorda nazarda tutilgan boshlang’ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi hamda uy-joy sharoitini yaxshilash bo’yicha imtiyozlardan olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda ta'lim muassasalariga ishga qabul qilingan oliy ma'lumotli boshqa hududda yashovchi shifokorlar va mutaxassislar, shuningdek, oliy ta'lim muassasasining bakalavriati yoki magistraturasini (ta'lim shaklidan qat'i nazar — kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga ega;
har oylik pul kompensatsiyasi oliy ma'lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ishga qabul qilingan oydan boshlab 36 oy mobaynida to’lanadi, bunda xodim ushbu hududda shaxsiy uy-joyga ega bo’lganda, unga xizmat turar joyi berilganda yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, pul kompensatsiyasi to’lash to’xtatiladi;
oliy ma'lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi har oylik pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini ko’rsatgan holda, tegishli byudjet tashkiloti rahbariga ariza beradi. Bunda, uy-joy ijarasi uchun haqiqatda to’lanayotgan to’lov bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan kam bo’lgan taqdirda, har oylik pul kompensatsiyasi miqdori haqiqatda to’lanayotgan to’lov miqdoriga muvofiq kamaytiriladi, qolgan barcha holatlarda har oylik pul kompensatsiyasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida to’lanadi;
har oylik pul kompensatsiyasi uning miqdorini ko’rsatgan holda, tegishli byudjet tashkiloti rahbarining buyrug’i bilan tayinlanadi hamda ushbu tashkilot buxgalteriyasi tomonidan ish haqi bilan birgalikda to’lanadi;
oliy ma'lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi tegishliligi bo’yicha olis va chekka hududda joylashgan byudjet tashkiloti va (yoki) tibbiyot muassasasidagi faoliyatini 36 oygacha bo’lgan muddat ichida to’xtatgan taqdirda, boshlang’ich yordam puli to’liq hajmda byudjetga qaytariladi, oliy ma'lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimining byudjet tashkiloti va (yoki) tibbiyot muassasasidagi faoliyatini uning o’ziga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra (xodimning vafoti, nogironligi bo’lgan shaxs deb topilishi, byudjet tashkilotining faoliyati to’xtatilishi va O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 106-moddasida belgilangan holatlar) to’xtatishi bundan mustasno.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram