MUAMMOLAR BEVOSITA SEKTOR RAHBARI ISHTIROKIDA O’RGANILMOQDA
2023-01-05 08:30:07 120
Muammolar bevosita sektor rahbari ishtirokida o’rganilmoqda
Ayni kunda Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi, bizning tumanimizda ham aholini qiynayotgan muammolarni o’rganish va ularni hal etish choralarini ko’rishga qaratilgan ishlar bevosita sektorlar rahbarlari ishtirokida amalga oshirilmoqda. Zotan, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o’rganish va hal etish kabi amallar bevosita har bir rahbar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.
4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon Turaboyev boshchiligida hududdagi muammo va kamchiliklarni o’rganish jarayonlari “Mahallabay” tizimi orqali amalga oshirilayotir. Sektor rahbari bugun Zangat mahalla fuqarolar yig’ini beshligi bilan uchrashib, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha aholi xonadonlarida o’rganish ishlarini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilash va ushbu chora-tadbirlar asosida ish olib borish lozimligini qayd etdi. Mahalla raisi Umarali Sattorovning so’zlariga ko’ra, ayni kunda mahalla hududida aholi muammolarini o’rganish maqsadida “xonadonbay” tizimi orqali ishlar olib borilyapti.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram