YOSHI ULUG’ INSONLAR BARCHA DAVRA VA DAVRU ZAMONLARNING KO’RKIDIRLAR
2022-12-17 16:37:14 139
Yoshi ulug’ insonlar barcha davra va davru zamonlarning ko’rkidirlar
Yoshi ulug’ nuroniylarga ehtirom ko’rsatish, ularni hurmat-izzat qilishdek mas'uliyat bor yoshlarning zimmalarida. Zotan, keksa otaxonlar, nuronyilarning hayot yo’llari bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi hamdir.
Tumanimizning “Sohil” dam olish maskanida bo’lib o’tgan tadbirda mana shunday yoshi ulug’ insonlarga hurmat va ehtirom ko’rsatildi. Tuman mahallalaridan taklif etilgan nuroniy otaxon va mo’nis oajonlarga bayram ziyofati tashkil etildi. Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshi ulug’ insonlarga ehtirom ko’rsatish va umrboqiy meros sifatida ajdodlardan avlodlarga ulashib kelinayotgan hurmat va izzatdek boqiy qadriyatlarni bugungi yosh avlod ongu shuuriga singdirishdan iborat.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi va boshqa sektorlar rahbarlari barcha tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutlab, Respublikamizda nuroniylarga berilayotgan e'tibor cheksizligini aniq misollar bilan tasdiqladilar. Shuningdek, tuman miqyosida bo’layotgan o’zgarishlar So’xliklar manfaatiga xizmat qilinishi ta'kidlandi.
Tadbir davomida barcha ishtirokchilarga tuman hokimligi, mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvatlash bo’limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Nuroniylar ham o’z navbatida bunday e'tiborga javoban samimiy minnatdorchilik so’zlarini izhor etdilar.
Tadbir yoshi ulug’ insonlarning majmua uzra taralgan ko’y-qo’shiqlar havosidagi o’ziga xos raqslari va xursandchiliklari bilan davom etdi. Aytish lozim, keksa otaxonlar va nuronyilarga bo’lgan e'tiborni har kuni, hayotning har lahzasi bildirish lozim.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram