Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XLIK YOSHLAR VA IQTIDORLI RASSOMLARNI BIRLASHTIRGAN KO’RIK-TANLOV

×

 2022-12-17 16:35:16    129

PDF yuklash
Chop etish


So’xlik yoshlar va iqtidorli rassomlarni birlashtirgan ko’rik-tanlov

        Iqtidorli yoshlarni tanlash va ularni saralab olishga qaratilgan ko’rik-tanlovlar yoshlarga o’zgacha kuch va motivatsiya berilayotganini ularning intilish va harakatidan ham ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi So’x tumani bo’limi tashabbusi bilan yoshlar o’rtasida “Yangi O’zbekiston-Yangi yil shukuhi” shiori ostida “Yosh rassomlar” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

        Mazkur ko’rik tanlov tuman markazidagi 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida ko’tarinki ro’hda tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyevlar tadbirda so’z olib, barcha ishtirokichlarga omad tiladilar.  

        Qishki ta'til vaqtida yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi hamda 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi hamkorligida tashkil etilgan ko’rik tanlov, ijodkor yoshlarni ruhlantirgan bayram shukuhi, ularning asarlarida ham yaqqol namoyon bo’ldi. Yoshlarning mahorati mutaxassislar imtihonidan adoltali tarzda o’tkazildi.

        Tanlov quyidagi ikkita yosh toifalari bo’yicha o’tkazildi:

·       14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan yosh ijodkorlar

·       19 yoshdan 26 yoshgacha bo’lgan yosh ijodkorlar.

        Tanlov natijalariga ko’ra, 1-o’rin 14-18 yosh toifasida (Rovon mahallasidan) Otabek Hamroboyev, 2-o’rin Gulafruz Yodgoraliyeva va 3-o’rin Japsurbek Yusufjonovga, 19-26 yosh toifasida esa (So’x mahallasidan) Hikmat Kamolovga, 2-o’rin Rayhona Yahyojonova (Yangiariq) va 3-o’rin Atham Dodoboyevlarga (Sarikanda)nasib etdi. Yosh iqtidorli rassomlarning ishlari ekspertlar tomonidan g’olib deb topildi va chizgan rasmlari reja qilingan 30-solni bolalar musiqa va san'at maktabining (Oltin kolektsiya) kitobiga kiritiladigan bo’ldi.

Eng yaxshi tasviriy san'at asari ijodkorlari Yoshlari ishari agentligi tuman bo’limi, O’zbekiston Xalq demokratik hamda O’zbekiston Ekologik partiyasi So’x tumani bo’linmalari tomonidan  diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. Bunday tadbirlarni muntazam tashkil etish yoshlar manffatiga xizmat qilishi tadbir ishtirokichlari tomonidan ta'kidlandi.

 

        - Bugun hayotimda unutilmas kun bo’ldi. Ushbu ko’rik-tanlov o’z ustimda ko’proq ishlashga undadi va kelgusida Vatanim uchun buyuk ishlarni amalga oshirishimga zamin yaratdi. Bir so’z bilan aytganda, Yoshlar ishlari agentligi, bolalar musiqa va san'at maktabi hamda siyosiy partiyalar tomonidan tashkil etilayotgan hamkorlikdagi ko’rik-tanlovlar yoshlarni iqtidorlarini yuzaga chiqarish va ularni o’z qobiliyatiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash, jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishlarida xizmat qilishi orqali yurtimiz taraqqiyotida munosib o’rin egallab kelayotgani bilan ahamiyatli bo’lmoqda, -  deydi biz bilan so’hbatda Otabek Hamroboyev.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram