Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IMKONIYATDAN SAMARALI FOYDALANISH MUNOSIB DAROMAD OLISHNING ASOSIY OMILIDIR

×

 2022-12-17 16:32:36    129

PDF yuklash
Chop etish


Imkoniyatdan samarali foydalanish munosib daromad olishning asosiy omilidir

        Tadbirkorlikka keng yo’l ochilgan Respublikamizda berilayotgan e'tibor tufayli tumanmiz tadbirkorlari ham qilingan halol mehnat tufayli munosib daromad olishga muvaffaq bo’lishayotir. Tumanimizda “To’ron Banki” krediti asosida tashkil etilgan issiqxonalar majmui ham tumanda tadbirkorlik rivojiga katta hissa qo’shdi desak, aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

        Yosh tadbirkor Umidjon Sanginov tomonidan tashkil etilgan issiqxonada ayni kunda ish qizg’in. “So’x Munavvarjon” MChJ ga qarashli issiqxonaning umumiy maydoni yarim gektarni tashkil etadi. Mazkur issiqxonani tashkil etilishida tadbirkor o’z hisobidan 450 million so’m mablag’ sarflagan. Bankdan oling kredit miqdori 550 million so’mni tashkil etadi. Ya'ni issiqxona qurilishiga 1 milliard so’m mablag’ sarflangan.

        Tadbirkorning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, bir mavsumda issiqxonadan ikki marta xosil olinmoqda. - Bahorning ilk kunlari bodringning “Orzu” navini parvarishladik. 15 tonnadan ortiqroq hosil oldik. Endilkida pomidorning “Alamina” navini terib olmoqdamiz. Bu ziroatdan ham niyatimiz katta. 20 tonnadan ortiqroq hosil olish niyatimiz bor. Asosan mahsulotlarimiz ichki bozorga va albatta eksportga ham yo’naltirilmoqda, - deydi tadbirkor biz bilan so’hbatda.

        Shuningdek, olingan daromad hisobidan tadbirkor mahalla va hudud obodonchiligiga ham homiylik qilayotir. Ayni kunda mazkur issiqxonada 8 nafar doimiy ish joiga ega bo’lib, har bir mavsumda hosilni yig’ib-terish uchun 30 nafardan va undan ortiqroq mavsumiy ishchilar ham jalb etiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram