Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI TAHRIRDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT KODEKSIGA KIRITILGAN O’ZGARISH VA YANGILIKLAR

×

 2022-12-17 16:28:14    118

PDF yuklash
Chop etish


Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritilgan o’zgarish va yangiliklar

        Savol: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida VAXTA usulida ishlash tushunchasi kiritilgan shu xaqda ma'lumot bersangiz.

        Javob: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida VAXTA usulida ishlash tushunchasi shu kodeksning 465-moddasida belgilangan.

        Vaxta usulida ishlash to’g’risidagi umumiy qoidalar Vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta'minlash imkoni bo’lmagan taqdirda, ularning doimiy yashash joyidan tashqarida mehnat jarayonini amalga oshirishning alohida shaklidir. Vaxta usulida ishlash ish joyi xodimlarning doimiy yashash joyidan yoki ish beruvchining joylashgan yeridan sezilarli darajada uzoqda joylashganida ishlab chiqarish ob'ektlarini, ijtimoiy va boshqa ob'ektlarni qurish, ta'mirlash yoki rekonstruktsiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega bo’lgan hududlarda ishlab chiqarish ob'ektlaridan foydalanilishini ta'minlash maqsadida, shuningdek boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun qo’llaniladi. Vaxta usulidagi ishlarga jalb qilinadigan xodimlar ishlarni bajarish ob'ektida bo’lish davrida ish beruvchi tomonidan maxsus tashkil etiladigan, mazkur xodimlarning ishlarni bajarishi vaqtida hayot faoliyatini va smenalar o’rtasida dam olishini ta'minlash uchun mo’ljallangan binolar va inshootlar majmuidan iborat bo’lgan vaxta shaharchalarida yoxud shu maqsadlar uchun moslashtirilgan va ish beruvchining hisobidan haqi to’lanadigan yotoqxonalarda, boshqa turar joylarda yashaydi. Agar vaxta ob'ektida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodim har kuni o’z doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatiga ega bo’lsa, bunday ishni bajarish vaxta usulida ishlash hisoblanmaydi. Ishning vaxta usulini qo’llash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Ishni vaxta usulida tashkil etish to’g’risidagi namunaviy nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiymehnat masalalari bo’yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

        466-modda. Xodimlarning ayrim toifalarini vaxta usulidagi ishlarga jalb qilishni cheklash vaxta usulida bajariladigan ishlarga quyidagilar jalb qilinishi mumkin emas:

        o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan xodimlar; homilador ayollar;

        uch yoshgacha bo’lgan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy);

        tibbiy xulosaga muvofiq vaxta usulidagi ishlarni bajarishiga qarshi ko’rsatmalar bo’lgan shaxslar.

        467-modda. Vaxtaning davomiyligi vaxta ob'ektda ishlarni bajarish vaqtini va smenalar o’rtasida dam olish vaqtini o’z ichiga oluvchi umumiy davrdir. Vaxtaning davomiyligi bir oydan oshmasligi kerak. Jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida belgilangan alohida hollarda ayrim ob'ektlarda vaxtaning davomiyligi uch oyga qadar uzaytirilishi mumkin.

                  A.Toshpulatov - So’x tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram