QILINAYOTGAN SA'Y-HARAKATLAR TUFAYLI ICHKI KO’CHALAR HAM RAVON BO’LMOQDA
2022-12-17 16:26:17 113
Qilinayotgan sa'y-harakatlar tufayli ichki ko’chalar ham ravon bo’lmoqda
Amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlariga xayrixoh bo’layotgan ob-havodan foydalanib, bu xayrli ishga bel bog’lagan hamyurtlarimiz boshlagan ishlarini sifatli etib bajarishga harakat qilishayotir. 1-sektor hududidagi Sohibkor mahallasida ushbu yo’nalishda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahalla raisi Habibjon Olimovning ma'lumot berishicha, mahallaning “Obod” ko’chasida betonlashtirish ishlari oxiriga yetkazilib, qurilish ishlariga mutasaddi bo’lgan “Xushbaxti Suhrobzod” xususiy firmasi ishchi-xodimlari ayni kunda “Mehrubon” ko’chasiga beton qoplamasi yotqizishmoqda. Manzilli dasturga asosan betonlashtirilayotgan ko’chaning umumiy uzunligi 485 metrni tashkil etadi.
- Manzilli dasturga asosan mahallamizning 3 450 metr masofadagi ichki ko’chalarida betonlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilab qo’yilgan. Quruvchi tashkilot ishchi-xodimlariga aholimiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Barcha ishlar jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilmoqda. Betonlashtirish ishlarining sifatiga alohida e'tibor qaratyapmiz, - deydi Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini raisi Habibjon Olimov.
Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, mahallada ichimlik suvi tarmog’i tortish ishlari ham amalga oshirilgan. Suvchilar ayni kunda mahalla hududida o’rnatilgan quduqlarning mo’'tadil ishlashini nazoratga olganlar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram