HARBIY QISMDA YOSHLAR YETAKCHILARI ISHTIROKIDA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI
2022-12-14 15:51:55 157
Harbiy qismda yoshlar yetakchilari ishtirokida amaliy seminar o’tkazildi
O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi qo’shma qaroriga asosan So’x tumanidagi yoshlar yetakchilari ishtirokida tumandagi 12494 harbiy qismda “Mahallada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha uslubiyot” mavzusida amaliy seminar o’tkazildi.
Amaliy seminarning maqsadi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda yagona fikr va yondashishni ishlab chiqish, mahalla yetakchilarini mahallada tadbirlarni, harbiy qismga ekskursiyalarni tashkil etish tartibi va qoidalariga o’rgatish hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi samaradorligini oshirish maqsadida daxldor tuzilmalarning samarali hamkorligini oshirishdan iborat. – Bugungi seminarda mavzu bo’yicha biz – yoshlar yetakchilariga to’laqonli va foyidali ma'lumotlar berildi va biz seminardan olingan ko’nikmalarni amalda tatbiq etishda astoydil harakat qilamiz, - deydi seminar ishtirokchisi, Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Dodohayit Hasanov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram