Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISHLOQ XO’JALIGI SOHASI VAKILLARI BAYRAMIGA BAG’ISHLAB “SOHIL” DAM OLISH MASKANIDA TANTANALI TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2022-12-14 15:41:22    58

PDF yuklash
Chop etish


Qishloq xo’jaligi sohasi vakillari bayramiga bag’ishlab “Sohil” dam olish maskanida tantanali tadbir tashkil etildi

Tumanimizning “Sohil” dam olish maskanida Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirga qishloq xo’jaligida fa'oliyat olib borayotgan soha jonkuyarlari, mehnat faxriylari taklif etildi. Tadbirga bag’ishlab bayram ziyofati uyushtirildi. Bir piyola choy ustida sohadagi o’zgarish va yangilanishlar tahlil etildi.

Tadbirda so’z olgan tuman hokimi o’tayotgan yil So’x tumani qishloq xo’jaligi sohasida tub burilishlar yili bo’lgani, davlatimiz rahbari e'tibori va tashabbusi asosida tumanda yangi yerlar o’zlashtirayotgani, asrlar osha tashna yer maydonlariga “obi hayot” chiqarilayotgani va qilinayotgan barcha ishlar So’xlik fuqarolar manfaatiga xizmat qilishini ta'kidladi. Berilayotgan e'tiborga nisbatan shukronalik hissiyoti bilan yashash lozimligi qayd etildi.

Tadbir davomida bir guruh soha vakillariga esdalik va qimmatbaho sovg’alar, faxriy yorliq va tashakkurnomalar taqdim etildi. Albatta, sidqidildan qilgan mehnat munosib rag’batlantirilishi lozim.

Qilgan halol mehnat va samarali harakatlari tufayli “Hushyor” shirkati xo’jaligi raisi Alisher Karimov va “So’x” shirkat xo’jaligida fa'oliyat olib borayotgan Subhonberdi Mavlonovlarga “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi fidoiysi” ko’krak nishoni, qishloq xo’jaligi va suv masalalari bo’yicha tuman hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovga Farg’ona viloyati hokimi faxriy yorlig’i va bir guruh soha fidoiylariga qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Sovg’alarni o’z eagalariga tuman hokimi va tuman sektor rahbarlari topshirishdi.

Tadbirga fayz baxsh etgan san'atkorlarning ko’y va qo’shiqlari tadbir ishtirokichlariga katta va ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Tadbir davomida soha vakillari o’zlarining dil izhorlarini bayon etdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram