Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI TAHRIRDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT KODEKSIGA KIRITILGAN O’ZGARISH VA YANGILIKLAR

×

 2022-12-14 15:39:26    153

PDF yuklash
Chop etish


Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritilgan o’zgarish va yangiliklar

Savol: yangi tahrirdagi mexnat kodeksiga kiritilgan kasanachilik tushunchasi to’g’risida ma'lumot bersangiz?

Javob: Kasanachilik tushunchasi yangi tahrirdag mexnat kodeksining 443 moddasida belgilangan.

Kasanachilik tuziladigan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs (kasanachi) tomonidan o’z yashash joyi bo’yicha yoki kasanachiga yoxud uning oila a'zolariga tegishli bo’lgan yoki kasanachi tomonidan ijaraga olingan boshqa xonalarda ish beruvchining buyurtmalari bo’yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish borasida amalga oshiriladigan ishdir. Kasanachilarga nisbatan mehnat to’g’risidagi qonunchilikning va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi ushbu Kodeksda hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo’yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Kasanachilik to’g’risidagi nizomda belgilangan o’ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda tatbiq etiladi.

444-modda. Kasanachilarni ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh O’n olti yoshga to’lgan jismoniy shaxs kasanachi bo’lishi mumkin. Agar kasanachilikning xususiyati kasanachi bilan yakka tartibdagi to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzish zaruratini taqozo etsa, o’n sakkiz yoshga to’lgan shaxslarning kasanachilikni amalga oshirishiga yo’l qo’yiladi.


Cavol: Kasanachilik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar bilan mehnat shartnomasi to’zish tartibi to’g’risida tshuncha bering?

Javob: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 446-moddasida. Kasanachi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi tushnchasi berilgan. Unga ko’ra,

Kasanachilikni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan jismoniy shaxs bilan ish beruvchi o’rtasida yozma shaklda mehnat shartnomasi tuziladi. Kasanachi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga ushbu Kodeks 104-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar bilan bir qatorda quyidagi shartlar ham kiritiladi: kasanachi tomonidan mehnat vazifalarini amalga oshirish uchun asbob-uskunalar, jihozlar, butlovchi buyumlar, xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni berish tartibi;

xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni qabul qilish hamda topshirish tartibi;

moddiy javobgarlik shartlari;

ish beruvchi va kasanachining mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda mehnat shartlariga rioya etishga doir majburiyatlari;

kasanachiga ta'tillar berish, uni ijtimoiy sug’urta qilish, uning pensiya ta'minoti shartlari;

ish beruvchining buyurtmasini bajarish uchun kasanachi o’z uskunasi, asbobi va jihozidan foydalangan taqdirda uning xarajatlari o’rnini qoplash tartibi va shartlari;

ish beruvchining buyurtmasini bajarish munosabati bilan kasanachi foydalangan energiya, suv, aloqa uchun xarajatlarning o’rnini qoplash (kompensatsiya qilish) tartibi;

kasanachi mehnat shartnomasida shartlashilgan mehnat vazifalarini amalga oshirishi uchun unga berilgan uskuna, asbob va jihozni ta'mirlash yuzasidan ish beruvchining majburiyatlari;

kasanachining aybiga ko’ra materiallar, uskunalar, asboblarning buzilishi, shuningdek mahsulotning to’liq yoki qisman yaroqsizligi bilan bog’liq moddiy zararning o’rnini ish beruvchiga qoplash shartlari;

kasanachiga foydalanish uchun berilgan uskunalar, asboblarni, jihozlarni, butlovchi buyumlarni, xomashyoni va materiallarni inventarizatsiyadan o’tkazish tartibi hamda ish beruvchining vakillarini kasanachilik amalga oshirilayotgan xonalarga kiritish shartlari;

kasanachiga bog’liq bo’lmagan holatlar (elektr energiyasining, suv, gazning mavjud emasligi va boshqalar) munosabati bilan ish beruvchining buyurtmasini belgilangan muddatlarda bajarish mumkin bo’lmagan taqdirda, kasanachining bu haqda ish beruvchini xabardor qilishga doir majburiyatlari.

Kasanachi bilan tuziladigan mehnat shartnomasida boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin. Kasanachi bilan yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo’yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.


F. Boboyev - So’x tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram