YANGI TAHRIRDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT KODEKSIGA KIRITILGAN O’ZGARISH VA YANGILIKLAR
2022-12-13 15:13:19 128
Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritilgan o’zgarish va yangiliklar
299-modda. Mehnat uchun rag’batlantirish ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag’batlantirish choralari qo’llanilishi mumkin. Rag’batlantirish turlari, ularni qo’llash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat to’g’risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi. O’ziga nisbatan intizom haqidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan xodimlarga nisbatan rag’batlantirish turlari, ularni qo’llash tartibi intizom to’g’risidagi tegishli ustavlar va nizomlarda belgilanadi. Xodimlar mehnat sohasida jamiyat va davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. Ish haqi, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar va mehnatga haq to’lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to’lovlar rag’batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to’lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to’lash to’g’risidagi masala mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag’batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to’lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo’llanilmaydi.
A. Toshpulatov - So’x tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram