Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUGUNDAN QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “SO’XLIK TALABALAR HAFTALIGI” O’TKAZILADI

×

 2022-12-12 16:54:12    57

PDF yuklash
Chop etish


Bugundan Qo’qon davlat pedagogika institutida “So’xlik talabalar haftaligi” o’tkaziladi

deya xabar bermoqda institut Axborot xizmati rahbari. Institut saytida keltirishicha - Prezidentimiz tomonidan So’x tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimizning “2020-2021-yillarda Farg’ona viloyatining So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko’lamini sifat va salmoq jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qilmoqda.


Shuningdek, So’xlik yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, barcha sohalarni oliy ma'lumotli kadrlar bilan ta'minlash doimiy e'tiborda. Har yili davlatimiz rahbarining qarori asosida oliy ta'limga kirishga ajratilgan 500 ta kvota so’xlik yoshlar uchun muhim imkoniyat bo’lmoqda.


Ayni paytga kelib QDPIda 300 dan ziyod so’xlik yoshlar tahsil olmoqda. Bugundan institutda so’xlik talabalar haftaligi boshlanmoqda. Mazkur haftalikning yuksak saviyada o’tkazilishi yoshlarimizning orzusini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirishga zamin yaratadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram