MOBIL-ID TIZIMIDA RO’YXATDAN O’TISH UCHUN TO’LOV UNDIRILADIMI?
2022-12-12 15:05:28 157
Mobil-ID tizimida ro’yxatdan o’tish uchun to’lov undiriladimi?
Bu haqda Abdumannof Umriddinov - So’x tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri qo’yidagilarni ma'lum qildi:
Bevosita davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiyalash 2022-yil 31-dekabrga qadar to’lov undirmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik to’lov undirish orqali amalga oshiriladi.
Bunda, Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o’tkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilganda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro’yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga to’lovning 50 foizi miqdorida chegirma qo’llaniladi.
Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o’tkazilganligi uchun to’lov to’langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
YIDXPning mobil ilovasi orqali murojaat qilinganda bepul amalga oshiriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram