Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TEMIR DAFTAR” DAGI ONAXONGA YANGI UY QURIB BERISH ISHLARI OXIRIGA YETKAZILMOQDA

×

 2022-12-12 15:02:33    94

PDF yuklash
Chop etish


“Temir daftar” dagi onaxonga yangi uy qurib berish ishlari oxiriga yetkazilmoqda

Respublikamizda kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolar, nogironligi bor, boquvchisini yo’qotganlarga amaliy, moddiy va ma'naviy yordam ko’rsatish uchun yaratilgan tizim asosida xayrli ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, “Temir daftar” ga kiritilgan fuqarolarga berilayotgan e'tibor ularning xursandchiligiga sabab bo’layotir.

Tul mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, “Temir daftar” ga kiritilgan fuqaro Tanzila Mirzoyevaga tuman hokimligi va saxovatpesha homiylar ko’magida yangi uy qurib berilmoqda. Ayni kunda mazkur yangi uyning ta'mirlash ishlarini boshlash rejalashtirilgan.

Tanzila Mirzoyeva tuman hokimiga ushbu masalada murojaat etgan va ushbu murojaat manzilli o’rganilib, onaxonga yangi uy qurib berish masalasi ijroga yo’naltirildi va qisqa muddat davomida ushbu hovlida yangi ikki xonali uy barpo etildi. Uyni qurish va unga kerakli mahsulotlar yetkazilishida mahalla fuqarolar yig’ini va hokim yordamchisining hissasi cheksiz.

Uyning qurilishi asosan hashar yo’li bilan amalga oshirildi. Yangi uy qad rostlanishida mahalla ahli va saxovatpesha homiylarninga salmoqli hissasini qayd etish joyiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram