Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUTBOL BO’YICHA MILLIY GVARDIYA KUBOGI O’Z EGASINI TOPDI

×

 2022-12-12 14:59:44    59

PDF yuklash
Chop etish


Futbol bo’yicha Milliy gvardiya kubogi o’z egasini topdi

Mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e'tibor zamirida fuqarolarimizninng sog’ligi va salomatligi mujassam. O’tkazilayotgan sport tadbirlarining asl maqsadi ham shundan iborat – jamiyatda sog’lom turmush tarzini targ’ib etish va uni mustahkamlash.      

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg’ona viloyati qo’riqlash boshqarmasi So’x tumani qo’riqlash bo’limi tomonidan futbol bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Mulgon mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan bolalar va o’smirlar sport maktabi maydonida bo’lib o’tgan musobaqalarda tashkil etilgan jamoalar Miliy gvardiya qubogini qo’lga kiritish maqsadida o’zaro bellashdilar.

Musobaqalarning natijasiga ko’ra, g’olib va eng faol bo’lgan jamoa va futbolchilar aniqlanib, ushbu maqsadda tantanali tadbir bo’lib o’tdi va unda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etishdi. O’tkazilgan sport musobaqalarida eng faol deb topilgan jamoalar va yosh sportchilarni qutlab, tuman sektorlari rahbarlari barcha iqtidorli futbolchilarga qimmatbaho sovg’a va diplomlar topshirdilar.

O’tkazilgan mazkur sport musobaqlarida birinchi o’rin Mulgon mahalla fuqarolar yig’ini futbol jamoasiga, 2-o’rin Yangiariq mahallasi futbolchilari va 3-o’rin IIB hamda Yangiariq mahallasining ikkinchi jamoasi charm to’p ustalariga nasib etdi. Bunday musobaqalarni muntazam o’tkazilishi yuzasidan mutasaddilarga ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram