Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MEHR DAFTARI” DAGI QIZLARJONLARGA E'TIBOR KO’RSATILDI

×

 2022-12-09 13:50:45    56

PDF yuklash
Chop etish


“Mehr daftari” dagi qizlarjonlarga e'tiibor ko’rsatildi

“Insonga naf keltirish oliy baxt” degan so’zlar zamirida odamlarimiz, oramizdagi insonlar manfaati mujassam. Berilgan ozgina e'tibor tufayli o’zini baxtli deb bilgan insonlarning xursandchiligi esa, barcha narsadan ustun turadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2022 yil 17 yanvardagi 26-son qaroriga muvofiq “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan bolalarga tuman hokimligi tomonidan alohida e'tibor ko’rsatilmoqda. Bunday bolalar muammosi va qiziqishlarini hal etish maqsadida “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu “Yo’l xarita” si doirasida aniq chora-tadbirlar va amaliy ishlar rejasi ham ijroga yo’naltirilgan.

Sebzor mahalla fuqarolar yig’ini, “Tuti qator” kuchasi 82-uyda yashovchi, 2007 yilda tug’ilgan Munojot Murodaliyeva Sarvarjon qiziga xorijga chiqish pasporti olinishida amaliy ko’mak ko’rsatildi va Munojotxonga tikuv mashinkasi ham yetkazib berildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, 3-sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, “Milliy gvardiya” tuman bo’limi vakillari, mahallaning mutasaddilari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Hushyor mahalla fuqarolar yig’ini, “Tagi sho’xcha” ko’chasi 102-uyda yashovchi, voyaga yetmagan, vasiylikka berilgan, 2009 yilda tug’ilgan Dildoraxon Qo’chqorova Halimjonzodaga ham tikuv mashinkasi va televizor sovg’a qilindi. Albatta, bunday e'tibordan mamnun va masrur bo’lgan bu jajji qizlarjonlarimiz samimiy so’zlar ila minnatdorchilik bildirdilar.

Sovg’alarni topshirish marosimida ishtirok etgan mahalla fa'ollari ham bunday e'tibor uchun minnatdorchilik so’zlari izhor etishdi. Qizlar holidan har doim xabardor bo’lish uchun “Milliy gvardiya” tuman bo’limi rahbariyatiga kerakli ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram