Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI-30 YOSHDA

×

 2022-12-09 13:45:26    133

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi-30 yoshda

 

Tarixiy sana — 1992 yil 8 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.

 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Mukaddima, «Asosiy printsiplar», «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,

erkinliklari va burchlari», «Jamiyat va shaxs», «Ma'muriy xududiy va davlat to’zilishi», «Davlat hokimiyatining tashkil

etilishi», «Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi» deb

nomlangan 6 ta bulim, 26 ta bobni tashkil etgan 128 moddani o’z

ichiga oladi

Oliy xujjatning Muqaddima qismidayoq ijtimoiy adolatga

sadoqatni namoyon qilish xalqimizning yuksak fazilati ekanligi bayon qilingan bulib, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish

davlat siyosatining ustuvor tamoyili ekani Konstitutsiyamizning qator moddalarida aks etadi. Jumladan,

-        mehnat qilish,erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoiti (37-modda)ga ega bulish;

-        yollanib ishlayotganlarning huquqlari (38-modda);

-        ijtimoiy ta'minot olish (39-modda);

-        malakali tibbiy xizmatdan foydalanish (40-modda);

-        bepul umumiy ta'limning kafolatlangani (41-modda);

-        voyaga yetmagan, mehnatga layotqatsiz va yolgiz keksalarning yolgiz keksalarning huqukdari davlat himoyasida ekani (45-modda ) mustahkamlangan.

Jamiyatning iqtisodiy asoslari har bir davlatning iqtisodiy tuzumi ahvoliga baho beruvchi omillardan hisoblanadi.

Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga utish, birinchi navbatda, iqtisodiy muammolarni hal etish bilan bogliq yechim va vositalarni to’g’ri tanlash, tegishli huquqiy bazani shakllantirish uchun oqilona tamoyillarni konstitutsiya darajasida e'tirof etish

zarurati Asosiy Qonunimizda o’zining ijobiy aksini topgan.

Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisod, uning xilma-xil

shakldagi mulkka asoslanishi, mulk shaklidan qat'i nazar ularning daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi (53-modda), mulkdorning uz mulkidan foydalanishdagi erkinligi (54-modda) kabi qoidalar barkaror iqtisodiyotga, erkin tadbirkorlik faoliyatiga huquqiy asos buldi.

2002 yil 4 aprelda O’zbekiston Respublikasining «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari turrisida»gi konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi. Bu hujjat O’zbekistonning qonun chiqaruvchi oliy organi — ikki palatali parlamentning tuzilishi, tarkibi, faoliyat yuritish asoslarini belgiladi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati yetti yil qilib belgilanishini joriy etdi, eng muhimi — demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati poydevorini shakllantirish buyicha qonunchilikni takomillashtirishning asosiy yunalishlarini tasdiqlab berdi.

2003 yil 24 aprelda kabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga uzgartish va qushimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlarini Oliy Majlisning Senati va

Bosh vazir zimmasiga o’tkazish bilan bog’liq, munosabatlar

huquqiy tartibga solindi.

                  O’ktamjon Ergashev - So’x tuman yuridik xizmat

                                                        ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram