MANZIL-MA'LUMOT AXBOROTLARINI OLISH TARTIBINI BILASIZMI?
2022-12-09 13:43:47 116
Manzil-ma'lumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar
Manzil-ma'lumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi bo’yicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik ro’yxatdan o’tganligi, shuningdek, ma'lumot mavjud emasligi haqida ma'lumotlardir.
Xizmatni ko’rsatish tartibi:
Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga o’zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali ro’yxatdan o’tadi.
So’rovnoma to’ldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi manzil-ma'lumot byurolari)ga yuboriladi.
Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qo’yilgan manzil-ma'lumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Ariza beruvchilar faqat o’zlariga tegishli manzil-ma'lumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-ma'lumot axborotlari berilmaydi.
Xizmatni ko’rsatish muddati: 1 ish kunida
Xizmat narxi:
BHMning 3 foizi miqdorida – 9 000 so’m;
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 8 100 so’m.
Huquqiy asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)
Abdumanof Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari
markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram