YONG’IN XAVFSIZLIGI OYLIGI DOIRASIDA AMALIY TARG’IBOT ISHLARI OLIB BORILYAPTI
2022-12-09 13:41:16 128
Yong’in xavfsizligi oyligi doirasida amaliy targ’ibot ishlari olib borilyapti
15 noyabrdan 15 dekabrgacha Respublikamiz hududida yong’in xavfsizligi oyligi o’tkaziladi. Ushbu tadbir doirasida tumanimizda ham amaliy ishlar qilinmoqda. Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari har kuni mahallalar va tashkilotlar kesimida oylik doirasida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishayotir. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan targ’ibot tadbirida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Sadirali Mirzokarimovlar ishtirok etdilar.
Yong’in xavfsizligi bo’yicha tuzilgan shtab a'zolari mahalla hududidagi gaz taqsimlagich uskunalari, elektr energiyasi manbalari va ularning ishlash jarayonini ko’zdan kechirdilar. Tumangazta'minot ishchi-xodimlari tomonidan tabiiy gaz uskunalari barqaror ishlashini ta'minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar o’tkazildi. Xonadonbay yurishlar orqali aholi o’rtasida is gazidan zaharlanish va tabiiy gazdan oqilona foydalanish yuzasidan targ’ibot ishlari amalga oshirildi. Tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovning so’zlariga ko’ra, bunday profilaktik tadbirlar va targ’ibot ishlari sektor hududida muntazam o’tkazilishi belgilab qo’yilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram