KONSTITUTSIYA – XALQ FAROVONLIGI VA YURT TINCHLIGI ASOSI
2022-12-07 15:36:38 152
KONSTITUTsIYa – XALQ FAROVONLIGI VA YuRT TINChLIGI ASOSI
So’x tumani Yangiariq mahallasida joylashgan 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi majlislar zalida Konstitutsiyaga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, ustoz va murabbiylar, keng jamoatchilik ishtirok etishdi. Tadbir avvalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev so’zga chiqib, Bosh Qomusimizning fuqarolarimiz hayotidagi o’rni va ahamiyati haqida gapirib, huquqiy davlatning belgisi - barcha fuqarolarning irqi, millati, dinidan qat'iy nazar qonun oldidagi tengligida ekanligini ta'kidladi.
So’x tumani prokurori Sadirali Mirzokarimov ham o’z nutqida Konstitutsiya xalqning huquqiy siymosi, Konstitutsiyamizning benazir huquqiy qadriyat, muqaddas hujjat ekanligi haqida gapirib o’tdi. Konstitutsiyani baxt Qomusi deb bejiz aytilmaydi.
Shuni ham alohida ta'kilash lozimki, Konstitutsiya arafasida bir qator turli sohalarda faoliyat yuritadigan mehnat fidoylari va faol ishchi-xodimlarni mukofotlar hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlash an'anaga aylanib qolgan. Tadbir davomida bir qator mehnat fidoiylariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi Farmoniga binoan ta'sis etilgan "O’zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Konstitutsiya bayramiga bag’ishlab kontsert dasturi tuman madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga taqdim etildi. O’quvchi-yoshlar tomonidan sahnada baxtimiz Qomusi she'r va qo’shiqlar ila tarannum etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram