Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQARO NOGIRONLAR KUNI SO’X TUMANIDA

×

 2022-12-03 16:26:01    68

PDF yuklash
Chop etish


XALQARO NOGIRONLAR KUNI SO’X TUMANIDA

        3 dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan nogironlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan ommaviy-madaniy, xayriya tadbirlarini tashkil etish, bu borada Davlat organlari, nodavlat va notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi xamkorlikni rivojlantirish maqsadida joylarda xayriya tadbirlari, uchrashuvlar, turli ko’rgazmalar tashkil etilmoqda.

        Bugun tumanimizning "Sohil" dam olish maskanida ushbu sanaga bag’ishlab tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari, keng jamoatchilik, mahallalardan tashrif buyurgan ijtimoiy ko’makka mo’htoj oilalar a'zolari ishtirok etishdi.

        Tadbirda tuman hokimining o’rinbosari, mahalla va nuoniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Abdushukur Turaboyev, tuman ichki ishlar bo’limi bosho’lig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon Turaboyevlar so’z olib, bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy ko’makka mo’htoj oilalarga, nogironlarga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, qilinayotgan barcha ishlar inson manfaatini ko’zlab amalga oshirilayotganligi bilan ham ahamiyatli ekanligini qayd etib o’tdi.

        Tadbir davomida mahallalardan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga tuman hokimligi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi va homiy tashkilotlarning esdalik va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi.

        Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbir san'atkorlarning diltortar navolari va ishtirokchilarning xursandchiligi bilan yanada fayzli o’tdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram